-
2FJ.RU

OZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

JAHON IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

SIYOSATSHUNOSLIK KAFEDRASI

[pic]

Mavzu:Birinchi jahon urushi davrida xalqaro munosabatlar

Tayyorladi:Sultonov B.N.3-1a-00,XM

Tekshirdi:T.f.d.,prof., Farmonov R.F.

TOSHKENT-2003

Mundarija

1. Kirish 3

2. Urushning sabablari 4

3. Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari 5

4. Germaniyaning bosqinchilik rejalari 7

5. 1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar 8

6. Bolgariyaning urushga qoshilishi 12

7. Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya 14

8. Birinchi jahon urushining yakunlanishi 17

9. Xulosa 18

10. Foydalanilgan adabiyotlar 19

Kirish

XIX asr oxiri XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni qaytadan

bolib olish uchun bolgan kurash Evropa davlatlarining ikki guruhi

shakllanishiga olib keldi.Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-

Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya,

Franciya, chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Amerika Qoshma

Shtatlari va boshqa davlatlar qoshildilar.

Davlatlarning mazkur ikki guruhi ortasida mustamlakalarni bolib

olish, tasir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga

kelgan kuchlarning yangicha ozaro nisbatiga mos ravishda yangi jaxon

tartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli va

ayovsiz kurashning oziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar

uchun emas, balki hali bolib olinmagan yerlarni qolga kiritish uchun

intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi.

Bu dunyoni qaytadan bolib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida

imtiyozlarga ega bolish uchun kurash edi.

1914 yil yozida Germaniya qayta qurollanish boyicha Antanta

mamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik boyicha Rossiya va Franciyani ortda

qoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovor holatga keltirish rejasi 1914 yil 31

martdayoq tayyorlab qoyilgan edi. Bu narsa Germaniyaga juda qol kelar

edi. Chunki u oz raqiblaridan ustunlikka erishgan va urushni boshlash

uchun eng qulay vaziyat edi. Ushbu ustunlik ham birinchi jahon urushining

tezlashishiga sabab boldi.

Avstriya imperatori Franc-Iosif(1830-1916) ancha keksaygan va

hayotining songgi kunlarini okazmoqda edi. U mamlakatning songgi

podshoxi bolib, deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka

hukmronlik davlati tarafdori edi. Avstro-Vengriya siyosiy hayotida uning

jiyani, taxt vorisi ercgercog Franc-Ferdinandning ahamiyati katta edi. U

Serbiyani tor-mor qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy

partiyaning rahbari edi. 1914 yil iyun oyi songida Franc-Ferdinand

Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik korayotgan Avstriya qoshinlarini

korikdan otkazish uchun Bosniyaga borishga qaror qiladi.

Sarayevo shaxri boylab sayohati chogida Franc-Ferdinand va uning

xotini serb armiyasi oficerlaridan tuzilgan Qora qol tashkiloti

azolari tomonidan oldiriladi.

Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda

nizoni balki diplomatik yol bilan hal qilsa bolar edi, ammo sodir bolgan

bu voqea Germaniya va Avstro-Vengriya uchun qulay paytda urushni boshlash

imkoniyatini tugdirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor emasligini

bilsalar-da, Rossiya ozining imkoniyatlarini safarbar qila olishini va

ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.

Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914

til 23 iyulda Serbiyaga ultimatum berdi. U ozini hurmat qiladigan hech

bir davlat qabul qila olmaydigan qopol va keskin uslub bilan bitilgan edi.

Berlin va Venadagilar xuddi shunday bolishiga umid boglagan edilar.

Rossiyaning Avstro-Vengriya va germaniyani tinchlantirishga urinishlari

behuda ketdi. Jang shiddat bilan yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi

Yevropada, uning portlovchi ozagi esa Sarayevoda edi. Bu bomba malgam

portladi. 1914 yil 29 iyulda Rossiya imperatori Nikolay II harbiy

safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 1 avgust kuni ham Germaniya

safarbarlik elon qildi va shu kiniyoq Rossiyaga urush ochdi. Rus-german

urushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda Germaniya Franciyaga urush elon

qildi. 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush elon qildi. Urush

gildiragi shiddat bilan aylanib ketdi. 1914 yil 23 avgustda Yaponiya

Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi bir qator yerlarini,

shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli bolgan bir qancha

orollarini bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani qollab-

quvvatladi.1914 yil 22 iyulda Turkiya harbiy vaziri shu haqda malgam

berdi. 1914 yil 2 noyabrda Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya

Turkiyaga urush elon qildi. Nihoyat uzoq kelishuvlardan song 1915 yil

23 mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush elon qildi. Shu tariqa birinchi

jahon urushi boshlanadi.

Urushning sabablari

Urushning eng asosiy sabablari bu Yevropa davlatlarining ikki harbiy-

siyosiy guruhi Antanta va Uchlar ittifoqi ortasida dunyoni qaytadan

bolib olish uchun kurash va jahon bozorida tasir doiralarini qaytadan

bolib olish , yangi yerlar zabt etish uchun kurash edi.

Har bir urushayotgan davlatning malum bir maqsadi bor edi. Germaniyaning

asosiy maqsadi Angliya va Franciyaning mustamlakalarini bosib olish,

Franciya va Rossiyani kuchsizlantirish, Yevropa va Osiyoda( Sharqiy Orta

Yer dengizi mamlakatlari, Turkiya) oz hukmronligini ornatish edi.

Avstro-Vengriya - Bolqonda tasir doirasini kengaytirish, zulm

ostidagi slavyan xalqlarining milliy-ozodlik harakatini bostirish;

Angliyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish, uning

mustamlakalarini bir qismini bosib olish, Usmoniylar imperiyasini bolish

edi.

Franciyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish Germaniyaning

Elzas va Lotaringiya, Saar viloyatlarini, Reyn viloyatining bir qismini

qaytarib olish;

Rossiyaning asosiy maqsadi Bolqonda va Bosfor hamda Dardanel

bogozlarida oz hukmronligini ornatish, Germaniyani kuchsizlantirish,

Avstro-Vengriyaning Bolqondagi hukmronlik havfini bartaraf etish;

Italiyaning asosiy maqsadi Afrika va Bolqonda yangi hududlar egallash

edi.

Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari

Hali urush boshlanishidan kop vaqt otmay, Antanta davlatlari

ortasida kelajak oljani qay tarzda bolib olish haqida muzokaralar

boshlanib ketdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchi

davlatlarlar elchilari Paleolog va Byukenenga dunyoni urushdan keyen

bolish rejalarini topshirdi. Bu dastur Germaniya va uning ittifoqchilarini

tola maglubiyatga uchratishni kozda tutar edi. Uning mazmuni quyidagicha

edi:

1)Ittifoqchilarning eng asosiy maqsadi Germaniyaning harbiy qudratini

sindirishdan iborat; 2)hududiy ozgarishlar faqat milliy asosda

otkazilishi lozim; 3)Rossiya ixtiyoriga Nemanning quyi oqimi va Sharqiy

Galiciya otishi kerak edi; Poznan, Sileziya va Garbiy Galiciya Polshaga

otishi kerak edi(uni Rossiyaga qaram davlat sifatida tiklash moljallangan

edi); 4)Franciyaga Elzas-Lotaringiya qaytarib berilar,Reyn viloyati va

Palatinatning bir qismi berilar edi; 5)Belgiyaning hududi Germaniya

hisobiga kengaytirilar edi; 6)Shlezvig va Goldshtein Daniyaga qaytarib

berilar edi; 7)Prussiya tomonidan 1866 yil anneksiya qilingan Gannover

qirolligi qayta tiklanishi kerak edi; 8)Avstro-Vengriya uch davlat

Avstriya, Vengriya va Chexiyadan iborat monarxiyaga aylantirilishi lozim

edi; 9)Serbiyaga Bosnia, Dalmaciya, Gercegovina va Shimoliy Albaniya

berilishi kerak edi;10) Serb makedoniyasi Bolgariga berilishi kerak edi;

11) Valona Italiyaga, Janubiy Albaniya Greciyaga berilar edi;12) German

mustamlakalari Angliya, Franciya va Yaponiya ortasida bolib olinishi

kerak edi; 13)Germaniya va Avstriyadan kontributciya undirib olinishi kerak

edi.

Bu dasturdan korinib turibdiki Rossiya asosan ozining

manfaatlaridan kelib chiqqan holda bu masalaga yondoshgan. 26 sentyabrda

Rossiya qoshimcha talab bilan chiqdi. U Rossiya kemalarining

bogozlardan erkin, hech qanday tosiqsiz kechishini kozda tutar edi.

Lekin rus hukumati Turkiya hududini bosib olish davolarini hali qilmagan

edi.

Turkiyani bolib olish masalasini ilk bor ingliz diplomatiyasi ilgari

surdi. Sazonovning dasturiga oz munosabatlarini bildira turib, Angliya

tashqi ishlar vaziri Grey:Agar Turkiya Germaniyaga qoshilsa, bu davlat

barham topishi kerak- dedi. U tinchlik dasturiga german flotinig

topshirilishi, Kil kanalining neytrallashtirish, Italiya va Ruminiyaning

manfaatlari hisobga olinish kabi qoshimchalar qoshilshi kerakligini

takidladi. Lekin Grey Franciyaga Reyn viloyati berilishiga qarshi chiqdi.

Shunday qilib urushning dastlabki kunlaridan ittifoqchilar ortasida

mustamlakalar borasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi.

Turk merosini bolib olish borasida 1914 yilning ozidayoq diplomatik

kurash avj oldi. Ruslar uchun Turkiyaga zarba berishning eng qulay yoli

Erondan, turklarning ong qanotini aylanib otib zarba berish edi. Ingliz

hukumati bunga yol qoyishni istamas edi. Grey rus elchisi Bekkendorf

bilan suhbatida uni shu narsaga ishontirishga harakat qilar ediki, rus

hukumati Eron hududidan Turkiyaga qarshi urushda foydalanmasligi kerak

edi. Uning fikricha Rossiya oz kuchlarini german frontidan chalgitmasligi

kerak edi. Germaniya bilan kurash Turkiya bilan urushning natijasini hal

qilar edi. U agar Germaniya maglubiyatga uchratilsa,

Konstantinopol(Istanbul) va bogozlar masalasi Rossiya foydasiga hal

qilinishini takidlaydi.

Oradan kop otmay Greyning fikrini Angliya qiroli Georg V takidladi.

Lekin 1914 yil 14 noyabrda rus hukumatiga yuborilgan rasmiy notada

birinchi orinda Rossiya bor kuchini german frontiga yuborishi, turk

frontida esa faqat mudofaa bilan cheklanish kerakligi haqida gapirilar

edi. Bogozlar va Stambul masalasi esa Rossiya roziligi bilan yechilishi

kerakligi takidlanar edi. Bu nota uncha ham ishonchli emas edi.

Garbiy frontda qiyin vaziyat yuzaga kelgani sababli ittifoqchilar

qomondonligi dushmanni yengish uchun boshqa malgamc yol izlay

boshladilar. 1915 yil 25 fevralda ingliz va francuz kemalari Dardanel

bogozi kiraverishida joylashgan fortlarni oqqa tuta boshladilar.Dardanel

operaciyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonib, Greciya bosh vaziri Venizelos

Greciya Antanta tarafida urushga kirishi va Dardanel bogoziga desant va

flot yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Chor hukumati bundan juda

hadiksiradi va Konstantinopol greklar qoliga otib ketishidan qorqib

Greciyaning urushda qatnashishiga keskin norozi boldi.

Lekin Greciya qiroli Konstantin Germaniyani qollab-quvvatlar va

neytralitet tarafdori edi. U 1915 yil 6 martda Venizelosni istefo berishga

majbur qildi. Greciya neytral bolib qoldi.

Agar Dardanel operaciyasi muvaffaqqiyat qozonadigan bolsa,

bogozlar ustidan nazorat Angliya va Franciya qoliga otar edi. Angliya

va Franciya Rossiyaga berilgan vada, yani Dardanel va Bosfor bogozlari

hamda Konstantinopolni berishni biror bir rasmiy hujjat bilan

mustahkamlashga shoshilmas edilar.

Germaniyaning bosqinchilik rejalari

Germaniyaning bosqinchilik rejalari oz darajasiga kora Antanta

davlatlarining rejalaridan ham kengroq edi.German hukmron doiralari dunyoni

tubdan ozgartirishni talab qilar edilar. German hukmron doiralari orasida

paydo bolgan ikki hujjat diqqatga sazovor:oltita eng yirik Germaniya

iqtisodiy tashkilotlari chiqargan memorandum va olimlar memorandumi. Olti

eng yirik iqtisodiy tuzilmalar memorandumi quyidagilarni nazarda tutar edi:

ingliz, francuz, belgiyaliklar va boshqa davlatlarning mustamlakalarini

bosib olish; Antanta davlatlari boyniga reparaciyalar yuklash; Belgiya

ustidan protektorat ornatish; Franciyaning La-Manshdan Somma daryosigacha

bolgan hududlarini qoshib olish; temirga boy Brieyni, Verden, Vogez va

Belfor qasrlarini bosib olish. Shu bilan birga ushbu hududlarda bosib

olingan yirik va orta yer mulklarni musodara qilish va ularni nemis

oficerlari qoliga berish kozda tutilgan edi. Haqiqiy yer egalarining

zararlari esa Franciya hisobiga qoplanar edi.

Yevropaning sharqida ham yirik hududlarni Rossiya hisobiga qolga

kiritish kozda tutilgan edi. Hujjat tuzivchilarning fikricha urushdan

song sanoatning rivojlanishi uchun yirik agrar baza kerak bolar

edi.Shuning uchun ulkan yer resurslari talab qilinar edi. Yuqorida

keltirilgan hujjat osha paytda paydo bolgan minglab shu kabi hujjatlardan

biri bolib, ularning bazilari matbuotda elon qilinar, bazilari faqat

hukmron doiralar uchun moljallangan edi.

Germaniyaning hukmron doiralari buyuk davlatchilik shovinizmi bilan

mast edilar va butun dunyoda Germaniya hukmronligini ornamoqchi edilar.

Ammo ozlarini koklarga kotarib maqtaydigan bazi kishilardan farqli

olarog Germaniyaning osha paydagi kancleri Betman-Goltbeg ehtiyotkor

siyosat tutdi va oz chiqishlarida Germaniya bosqinchilik urushi olib

bormasligini takidlar edi.Ammo haqiqatda esa u juda katta hududlarni

Germaniya qol ostida birlashtirishga qaror qilgan edi.

1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar

Germaniya qomondonligi harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4 avgust

kuniyoq Belgiyaga asosiy hujumni boshladi.Bu yerda mudofaani yorib otish

va Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega bolgan sanoat rayonlarini egallab,

bir hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurolli

kuchlari shiddatli hujum natijasida bir necha hafta mobaynida deyarli

jangsiz Belgiyani bosib otdilar va Franciya hududiga kirib, Sena daryosi

irmogi bolgan Marna sohillariga chiqdilar.1914 yilning 5-12 sentyabr

kunlari Marna boyida francuz va nemis qoshinlari ortasida ogir jangler

bolib otdi. Unda nemis qoshinlari maglubiyatga uchradilar.

Sharqiy Prussiyada rus askarlarining hujumga otganligi nemis

qoshinlarining maglubiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega boldi. Rus

armiyasining hujumi dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. U Galiciyani egallab,

Sharqiy Prussiya hududiga yorib kirdi.Germaniya qomondonligi rus

qoshinlarining hujumini qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marna

boyidan Prussiyaga tashlashga majbur boldi.

1914 yil oktyabr oyida turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan

Kavkazorti, Mesopatamiya, Suriya va Falastinning sharqiy chegarasida

yangi frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor

bolmaganligi sababli Kavkazortida rus qoshinlaridan bir qator ogir

maglubiyatlarga uchradilar.

1915 yil 23 mayda Italiya Antantaga qoshildi, osha yil oktyabr oyida

esa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqiga qoshildi.

Marna boyidagi janglarda maglubiyat alamini tortgan ittifoqchi

qoshinlar Germaniyaning sherigi Turkiyani urushdan chiqarish uchun

dengizda bir qator operaciyalarni malgam oshirdilar. 1915 yil fevral oyida

ingliz francuz floti Turkiyaning Dardanel bogozidagi istehkomlarni

bombalashga kirishdi. Ammo bu hujumlar kozlangan natijani bermadi. Bu

operaciya davomida 200 mingdan ortiq kishi halok boldi va yaralandi.

Natijada ana shu hamla tashabbuskori, Angliya harbiy flotining birinchi

lordi Uinston Cherchill vazifasidan chetlashtirildi.Shundan keyen uning

siyosiy faoliyatida 25 yil tanaffus boldi.

Shu bilan faol jangovor harakatlar tohtab qoldi. Butun yil davomida

mantiqsiz turgun urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan

vaziyatni buzishni istamas edi. Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar.

Dardanell operaciyasining boshlanishi munosabati bilan Rossiya tashqi

ishlar vaziri Sazonov ittifoqchilardan rasmiy majburiyat, yani Turkiya

atrofidagi bogozlarni berishni talab qildi. U agar Rossiyaning

ittifoqchilari oz majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsalar u istefo

berishga majbur bolishini aytdi. Bu shuni anglatar ediki uni Germaniya

bilan ittifoqchi bolish tarafdori bolgan kishi bilan almashtirishlari

mumkin edi.Bazi bir malumotlarga kora osha paytda rus podshosi saroyida

qirolicha boshchiligida nemis saroyini qollab quvatlovchi katta firqa

mavjud bolgan.

1915 yil 12 martda Angliya rasmiy nota orqali Konstantinopol va unga

tutashgan hududni,Bosfor va Marmar dengizining garbiy qismini, Gallipol

yarim orolini, Janibiy Frakiyani Rossiyaga berishini tasdiqladi. Lekin

Rossiya bu hududlarni faqatgina Angliya va Franciya Turkiyaning Osiyodagi

mustamlakalarni bosib olsalargina, egalik huquqini olar edi. Rossiyaning

qoliga bogozlar otishi evaziga Angliya Eronning neytral deb elon

qilingan hudidini olishi kerak edi.Bu esa Angliya qoliga cheksiz neft

zaxiralarining otishiga olib kelar edi.

Franciya esa Turkiyaga juda katta investiciyalar kiritgan edi. Shuning

uchun Turkiyani bolib tashlash rejasiga Franciya salbiy munosabat

bildirgan edi.Ammo Turkiyaning Osiyodagi yerlaridan katta ulush olishini

moljallagan Franciya hukumati 10 aprel kuni ingliz-rus shartnomasi

shartlariga rozi boldi.

Dardanel boyidagi operaciyaning barbod bolishi Antanta

ittifoqchilarini Grbiy frontdagi jangovor harakatlarga qaytishga majbur

qildi. Germaniya ham Franciya hududida hal qiluvchi jangga kirishishni va

uning qarshiligini sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi

Franciyaga uning eng mustahkam mavqei Verden qalasi orqali hujum

uyushtirishga ahd qildi. 1916 yil 21 fevralda germaniyaning 5-armiyasi

ulkan harbiy operaciyani boshladi. Hujumdan oldin francuz istehkomlari

toplardan shiddatli oqqa tutildi. Krupp zavodlarida tayyorlangan va uning

qizi Berta nomi bilan Katta Berta deb atalgan ota kuchli toplar bilan

jami 850 ta ogir top ishga tishdi. Jangda Evropaning eng qudratli ikki

armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy gurur tuygusi junbushga keldi.Franciya

qomondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq berdi, askarlar songgi

nafaslarigacha jang qildilar.Verden Franciyaning va francuz armiyasining

ruxini kotardi. Verden ostonalaridagi jang 1916 yil 21 dekabrgacha davom

etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi. Franciya va Germaniya

bu yerda 700 mingdan ortiq askar yoqotdi.

Verden jangining yakunida Rossiya armiyasi katta rol oynadi. Bu

yerdagi janglarning hal qiluvchi bosqichi general Brusilov

qomondonligidagi rus armiyasining Janubiy-Garbiy frontga hujum boshlashi

va Avstriyaning 1,5 millonga yaqin askar va zobitini yoq qilishi bilan

yakunlandi.Shundan song Avstro-Vengriya amalda jangovor harakatlar qilish

qobiliyatini yoqotdi, Germaniya esa tezda bu frontga ozining asosiy

zaxira kuchlarini tashlashga majbur boldi.

Verden ostonalarida jang davom etayotgan bir paytda Antanta

ittifoqchilari Somma daryosi boyida Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 km

bolgan ingliz mudofaa sektorida hujum boshladilar. Britaniya toplari

deyarli etti kun davomida german qoshinlarini oqqa tutdi.1916 yil 1

iyulda Britaniya kongilli askarlari hujumga tashlandilar.Ularning soni

100 mingdan ortiq edi, ammo inglizlarning hujumi yerga chuqur komilgan

nemis pulemetlarining shiddatli otiga duch keldi. Nemislarning talafoti

kop edi, ammo inglizlar ham jami olganlar va yaralanganlar bilan 50

mingdan ortiq kishini yoqotdilar. Bu mantiqsiz qonli qirginda hech

qaysi tomon muvaffaqiyatga erisha olmadi.

1916 yili Yevropada hammasi bolib 2 milliondan ortiq kishi halok

boldi, ammo urushda ozgarish bolmadi.Germaniya va Avstro-vengriya moddiy

manbalari yugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiz

tomonidan qilingan qamal nihoyatda samarali boldi. Qamal tufayli Germaniya

oziq-ovqat va malgamc xom-ashyolarning ozidagi zaxiralari bilan

kifoyalani9shga majbur boldi. Bu esa surunkali urush olib borish uchun

yetarli emas edi. Antantaga esa AQSh yordam berar va u oz mustamlakalari

manbalaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega edi.

Rossiyadagi ahvol juda ogir edi. Uning hom ashyosi va inson

manbalari yetarli bolsa-da, iqtisodiy qoloqlik ulardan samarali

foydalanish imkonini bermas edi. Transport tizimining tamomila izdan

chiqqanligi, harbiy idoralardagi ogrilik, harbiy-siyosiy va iqtisodiy

tuzulmalarning eskirgan tizimi va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy va

siyosiy inqiroz eshigiga olib keldi.

Bolgariyaning urushga qoshilishi

Italiyaning siyosiy orientaciyasi va Uzoq Sharqdagi kurash bilan birga

Bolqon uchun kurash ham avj olib ketdi.Bu yerda Bolgariyaning ahmayati

katta edi. Birinchidan Bolgariya eng katta armiyaga ega edi. Ikkinchidan

ozining qulay geografik yerda joylashganligi sababli u ham Serbiyaga , ham

Greciyaga va Ruminiyaga qulay hijum qilish uchun placdarm edi.Agar

Bolgariya Germaniya tarafida urushga kirsa, u holda Serbiya zarba ostida

qolar edi va Ruminayaning Antantaga kirishinni qiyinlashtirar edi.Agar

Bolgariya Antantaga qoshilsa, u holda serbiya uchun yordam taminlanar edi

va Greciya va Ruminiya Bolgariyadan namuna olar edilar.

Shunday qilib 1914 yildagi urush holatida Bolgariya butun Bolqon yarim

orolining kalitiga aylandi.Shuning uchun urushayotgan davlatlar urushning

dastlabki kunlaridan bolgariyani oztaraflarida urushni boshlashga harakat

qildilar.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov shuning uchun ham

Bolgariyani Rossiya tarafiga ogdirish uchun kop zor berdi. Antanta

Bolgariya bilan kelishuvga faqat bir holda erishishi mumkin edi.Bu ham

bolsa Serbiya va Greciyani 1913 yil Bolgariyadan tortib olgan hududlarni

qaytarib berishga kondirish edi.Sazonov 1914 yil avgust oyidan boshlab

serb va grek hukumatlariga Bolgariyaga bazi bir yon berishlarga borishini

sorab murojaat qilgan edi. Ammo Greciyadan buni sorash mantiqqa togri

kelmas edi.Bu narsa faqat Greciya qiroli boshchiligidagi Germaniya

tarafdorlari poziciyalarini mustahkamlar edi.Qolaversa Greciya Bosh vaziri

Venizelos Antanta tarafdori bolsa-da, Greciya urushga ozining ashaddiy

dushmani bolgan Bolgariga hududiy yon bosishlar evaziga kirmasligi aniq

edi.

Antantaning Serbiyadan umidi katta edi.serbiya urushga kirgan edi. Va

neytral Greciyaning axvoliga kora uning axvoli qiyinroq edi.serbiya bosh

vaziri Pashich Bolgariyaga serb Makedoniyasini berishga qaror qildi, buning

evaziga agar Antanta galaba qozonadigan bolsa, Serbiya Avstriyaga

tegishli bolgan bir qator janubiy slavyanlar yashaydigan hududlarni olishi

kerak edi.Ammo bunday noaniq vadalar bilan Bolgariyani kondirish juda

qiyin edi.Bolgariya Antanta tarafida urushga kirishi uchun makedoniyani

talab qilayotgan edi.Bunga serblar Makedoniyaning bir qismini bolgarlarga

berguncha, butun Serbiyani Avstriya bergan maqul deb javob berdilar.

Germaniyaning Bolgariyadagi tasiri juda katta edi.qirol Ferdinand

ularning tatafida edi.Urushning birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstriya

Bolgariyani Serbiyaga hujum qilishga undab kelayotgan edi.Germaniya va

uning ittifoqchilari Bolgariyaga butun Makedoniyani, eski Serbiyani va

agar Ruminiya Antantaga qoshilsa, Janibiy va Shimoliy Dombrudjani berishga

vada berdilar.Ammo Bolgariya hali urushga tayyor emas edi. Bolgariya

neytral vaziyatda qolishni afzakl topdi.

Bolgariya uchun bolgan kurashning natijasini harbiy vaziyatning

ozgarishi hal qildi. Dardanel operaciyasining maglubiyatga uchrashi, rus

armiyasining sharqiy frontdagi ogir maglubiyati va Avstriya va Germaniya

qoshinlarining Serbiyaga qarshi katta qoshin yuborishi ham bolgar hukmron

doiralarining qorquvini bosdi. Qirol Ferdinand va uning tarafdorlari

katta oljalar vada berayotgan, ammo Bolgariya uchun havfli bolgan

Germaniya tarafida urushga kirishga qaroq qildilar.1915 yil 3 sentyabr kuni

Turkiya Bolgariya, 6 sentyabr kuni esa Bolgariya, Germaniya va Avstro-

Vengriya ortasida ozaro ittifoqchilik togrisida shartnoma imzolandi.

Shunday qilib Tortlat ittifoqi tuzildi.

Greciya borasida ham qiyinmasala turar edi.U kim tarafida urushadi?

Germaniya tarafidami yoki Antanta? 1915 yil avgustda Greciya parlamentiga

saylovlar natijasida hukumat tepasiga yana Venizelos keldi. Osha yili

sentyabrda Bolgariyaning Serbiyaga hujum qilish xavfi tugilganda grek

bosh vaziri Serbiyaga yordam berishi haqida aytdi, lekin buning uchun

ittifoqchi davlatlar Salonikiga 150 ming kishilik armiyani jonatishlari

kerak edi.

Franciya va Angliya Venizelosning ushbu taklifini qabul qildilar. Ammo

francuz qomondoni Joffer bunga qattiq qarshilik korsatdi. Aytilgan

qoshinga 22 ming kishi yetmas edi.Greciya bilan ittifoqchilar ortasida

muzokaralar olib borilayotgan vaqtda grek qiroli ikkinchi marta Venizelosni

lavozimidan ozod etdi va Greciya yana oz neytralitetini elon

qildi.Salonikiga hali bor yogi 80 ming kishilik armiya tashlangan edi.

Bundan foydalangan Bolgariya qoshinlari 14 oktyabr kuni Serbiyaga hujum

qildi. Bir paytning ozida shimol tarafdan Avstro-Vengriya va Germaniya

qoshinlari hujumga otdi. Ittifoqchilarning Salonikidagi qoshinlari

Serbiyani qutqarib qola olmadi.Serbiya armiyasi tola maglubiyatga uchradi

va uning qolgan qutgan qismi Korfu oroliga evakuaciya qilindi.

Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya

Yevropadagi urush Yaponiya uchun qulay vaziyat tug;dirar edi. Buning

natijasida Yaponiya Germaniyaning Xitoydagi va Tinch okeanidagi

mustamlakalarini bosib oldi.1914 yil Yaponiya Xitoyga qarshi hal qiluvchi

jangga tayyorlana boshladi.

!914 yil dekabr oyida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kato yapon

siyosatining mazmunini ommaga anglatish uchun nutq sozladi. 1914 yil 15

avgust kuni Yaponiyaning Germaniyaga qoygan ultimatumiga kora Yaponiya

osha paytda Germaniyaga tegishli bolgan Czanchjouni Xitoyga qaytarib

berish maqsadida olayotganini malum qilgan edi. Endi esa Kato bu taklif

Germaniyaga faqat mojaroning tinch yol bilan hal qilish umidida

qilinganligini takidlaydi. Nemislar bu taklifga konmadilar va endi

Czanchjou taqdiri urush tugagandan song hal qilinadigan boldi.Yaponiya

hech bir boshqa chet davlat oldida ushbu masala yuzasidan majburiyat olgani

yoq. [1]

Umuman olganda Yaponiya Uzoq Sharqda faqat Germaniya yerlari bilan

cheklanib qolmas edi. Gap butun Xitoyning taqdiri haqida ketayotgan

edi.1915 yil 18 fevral kuni Xitoy hukumatiga yaponiyaning rasmiy notasi

jonatiladi.Unda Yaponiyaning Xitoyga 5 qismdan iborat bolgan 21 moddali

talablari joy olgan edi.

Talablarning birinchi guruxi Shandunni Germaniya tasir doirasidan

Yaponiya tasir doirasiga aylantirishni kozda tutar edi. Bu gurux

talablarning eng muximida shunday deyilardi:Xitoy hukumati Shandun

provinciyasi borasida Yaponiya va Germaniya qandat qarorga kelishidan

qatiy nazar ilgari Germaniya bilan tuzilgan kelishuvlar, shartnomalar

sababli hamma shartlarga tola rozilik berish majburiyatini oladi.

Talablarning ikkinchi guruxi esa Shandun provinciyasi boshiga tushgan

taqdirni sharqiy Moguliston, Janibiy Manjuriya boshiga solishni nazarda

tutar edi. Port-Artur, Janibiy Manjuriya va Andun-Mukden temir yollarining

ijaraga olish muddati yana 99 yilga chozilishi kozda tutilgan edi. Undan

tashqari yapon fuqarolari Janubiy Manjuriya va Sharqiy Mogulistonda

yangi yerlar sotib olish, ushbu hududlarga erkin kochib kelish va u

yerlarda sanoat, savdo-sotiq va boshqa sohalar bilan shugullanish huquqini

olar edilar. Xitoyga tog-kon sanoatida Yaponiyaga koncessiyalar berish

taklif qilingandi. Bundan tashqari Xitoy Yaponiyaning roziligisiz ushbu

hududlarda temir yollar qurilishi boyicha boshqa davlatlarga

koncessiyalar bermaslik majburiyatini olishi kerak edi.va nixoyat Xitoy

Yaponiyaga Girin Chanchun temir yolini nazorat qilish va boshqarishni

topshirishi kerak edi.

Uchinchi gurux talablar esa asosan Xitoydagi yapon korxonalariga katta

imtiyozlar berilishiga qaratilgan edi. Unda asosan Xanyepin kompaniyasi,

komir-metallurgiya kombinatini aralash xitoy-yapon jamiyatiga

aylantirish moljallangan edi. Yaponiyaning roziligisiz Xitoy oz

tashabbisi bilan bu kompaniyaga berilgan haq-huquqular va mol-mulkdan

foydalanoshi taqiqlanadi va ushbu vakolat Yaponiya uchun 2007 yilgacha

berilishi kerak edi.Xanyonin kompaniyasiga uning korxonalari atrofida

joylashgan tog-kon resurslaridan foydalanishga monopol huquq berilgan edi.

Tortinchi gurux talablarda oldingi talablarning kafolati tarzida

Xitoyning hududiy yaxlitligini taminlash haqida gap borar edi. Aslida esa

bu Yaponiyaning Xitoyda gegemonligini taminlashiga qaratilgan tadbir edi.

Lekin eng qiyin talablar beshinchi gurux talablar edi.Ushbu

talablarning qabul qilinishi Xitoyning Yaponiya protektoratini qabul

qilishni anglatardi.ulkardan asosiylari quyidagilar:1-modda. Xitoy

hukumati muhim iqtisodiy, siyosiy va harbiy ishlar boyicha yapon

mutaxasislarini maslahatchi tarzida taklif qiladilar. 3-modda.Xitoyning

markaziy joylarida policiya yaponlar va xitoylar tomonidan boshqarilishi

yoki u yerda policiyachilar asosan yaponlardan iborat bolishi kerak . 4-

modda.Xitoy Yaponiyadan Xitoy hukumatiga kerak bolgan malum miqdordagi

qurol-aslaha sotib oladi(umumiy talabning 50% miqdorida)yoki Xitoyning

ozida yapon-xitoy arsenali yaratiladi.Bu maqsadda Yaponiyadan texnik

ekspertlar taklif qilinishi va yapon materiallari sotib olinishi mumkin.

Huddi shu yerda Xitoyning Fuczyan provinciyasini yapon tasir doirasiga

kiritishni nazarda tutgan modda bor edi.Ushbu provinciya juda qulay

geostrategik nuqtada joylashgan bolib, Yaponiyaning Gonkong va Filippinni

susaytirish uchun yaxshi imkoniyat yaratar edi.Undan tashqari yapon

fuqarolari missionerlik faoliyati bilan shugullanish erkinligini beruvchi

modda ham bor edi.Agar Yaponiyaning 21 modda talablari malgam oshsa, Xitoy

Yaponiyaga tola ravishda boysundirilar edi.

AQSh Yaponiyaning Xitoydagi harakatlarini cheklashga harakat qildi.

Shu maqsadda AQSh Xitoyga diplomatik yordam korsatdi. 1915 yil mart oyida

AQSh davlat kotibi Brayan Yaponiya hukumatiga uning Xitoyga nisbatan

qoyilgan talablarga qarshiligi haqida nota yubordi.

Yuan Shikay hukumati yapon hukumatiga oz javobini aytishga shoshilmas

edi.Buning sababi olaroq Yaponiya Shandun, Manchjuriya va bir qator

joylarda oz qoshinlarini kuchaytirdi.

Xitoy esa qolaversa Yaponiyaning Czyanchouni qaytarishini va kelgusi

yapon-german muzokaralarida xitoyning ham ishtirok etishini soradi. Buning

javobi tarzida 1915 yil 7 may kuni Yaponiyaning Xitoyga nisbatan

ultimatumi elon qilindi.Unga kora agar Xitoy Yaponiya qoygan

talablarga rozi bolmasa, unda Yaponiya ozi joiz deb bilgan istalgan

chorani qollashini aytdi. Ammo Amerikaning aralashuvidan hadiksirab

Yaponiya beshinchi gurux talablaridan voz kechdi. Faqatgina Funczyan

provinciyasiga aloqador modda qoldirilgan edi.

AQSh boshqa yirik davlatlarning aralashuvini tashkil etmoqchi boldi.

Ammo na Angliya, na Rossiya Germaniyaga qarshi urush sharoitida Yaponiya

bilan janjallashishni istamas edi. 8 may kuni Xitoy ultimatum shartlarini

qabul qildi.

Oradan bir necha kun otmasdan AQSh Tokioga shuni habar qildiki, AQSh

hukumati Xitoy va Yaponiya ortasidagi shartnomani tan olmaydi va ushbu

shartnoma AQSh manfaatlariga togri kelmaydi, qolaversa Xitodagi hamma

millatlar haq-huquqlarini poymol etadi.Ammo AQSh amalda Xitoyga yordam

berish uchun hech qanday choralar qollamadi.

Birinchi jahon urushining yakunlanishi

Rossiyada fevral inqilobi oqibatida bu davlat urushdan chiqishga majbur

boldi. Buning uchun 1918 yil 3 martda Brest-Litovsk shaxrida Germaniya

bilan tinchlik shartnomasi imzolandi.Brest-Litovskdagi shartnoma Antanta

mavqeini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal

qiluvchi zarba berishga ahd qildi.1916 yildan boshlab Germaniya Sharqiy

Yevropani oz nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-

ovqatidan foydalanish, ozining barcha qurolli kuchlarini garbiy frontda

toplashga erishgan edi.Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar,

tomonlarning hech qaysisi hal qiluvchi muvaffaqiyyatga erisha olmagan edi.

Front chizigining har ikki tomonida qazilgan handaklar Belgiya

soxillaridagi Nyu-Port shaxridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va

Verdengacha chozilgan edi.Koplab qurbonlar berilishi va zaharlovchi

moddalar hamda tanklar singari yangi qurol turlaridan foydalanishga

qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqqiyat qozonish uchun jon-

jaxdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija bermadi.

Germaniya qomondonligi jangni golibona tasirchan zarba bilan

yakunlashga qaror qildi. 1918 yil aprel oyida nemis qoshinlari Antanta

mavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib,

Antanta qoshinlari mudofaasini yorib otdilar va Marna daryosi sohillariga

chiqdilar. Uzoqqa otadigan toplar bilan Parijni oqaa tutdilar. Ammo

muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa

olmadi.Mamlakat holdan toygan, armayaning harbiy ruhi chokkan, xalq

urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AQSh dan toxtovsiz yordam

olib turardi. AQSh shartnomaga qoshilgan mamlakat sifatida 1917 yil

aprel oyida urushga kirgan edi.Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi

malum bolib qolgach, Antanta mamlakatlari barcha frontlarda hujumga

otadilar va nemis qoshinlari bosib olgan Belgiya va Franciya hududidan

siqib chiqara boshladilar.

Antanta davlatlarining hujumi 1918 yil avgust oyida boshhlandi.

Germaniyaning garbdagi fronti yorib otildi va Antanta qoshinlari uchun

Germaniya hududiga yol ochildi.Bolqonda, Saloniki shahri yaqinlarida

ittifoqchilarning kop millatli ekspediciya korpusi bolgar qoshinlari

mudofaa chiziqini yorib otdi va oktyabrda Dunay soxillariga

chiqdi.Avstriya qoshinlari Vitoriyo Veneto yaqinida 1918 yil sentyabrida

maglubiyatga uchradilar. Germaniya boshchiligidagi Tortlat ittifoqi

harbiy jihatdan maglub bolib, tarqalib ketdi.

Germaniya oliy qomondonligi shundan keyen maglubiyatdan qochib

qutulolmasligini anglab yetdi. Amalda butun hokimiyatni oz qolida tutgan

Germaniya bosh shtabi boshligi general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiy

maglubiyatini tan olmagan holda faxrli tinchlik bitimini imzolash

yollarini qidira boshladi. Kelajakda maglubiyat masuliyati harbiylarga,

armiya va generallarga emas, balki Germaniya armiyasini saqlab qolish uchun

bu ishni hal qilishga hozir bolgan fuqaro shaxslar, diplomatlar va

amaldorlar zimmasiga tushishi uchun tezda sulx tuzulishini talab qilmoqda

edi. Ammo ittifoqchilar, birinchi navbatda AQSH prezidenti Vudro Vilson

muzokaralarni faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari bilan olib

borishlari mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim tuzish

taklifini qatiyan rad etdilar. Lyudendorf ittifoqchilarning bu taklifini

qabul qilinishini va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishni

yoqlab chiqdi.1918 yil oktabyirida shaxzoda Maks Badenskiy hukumati

tuzildi.U Germaniya xalqi nomidan muzokara olib borishi kerak edi.Ammo

Antanta mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzerning

avtoritar tartiboti vakili edi.

Bu orada Antanta qoshinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilar

va Germaniya ittifoqchilari birin-ketin taslim bola boshladi.

1918 yil 4 oktyabr kuni Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidan

ajralib chiqdi hamda mustaqil Chexoslavakiya davlati tuzilganinin elon

qilindi.

28 oktyabrda Serb, horvat va slovenlar qirolligi tuzilganligi elon

qilindi. (1918 yildan boshlab Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina

Ukrainaga, Galiciya Polshaga qoshliganligini bildirdi

31 oktyabrda Avstriya va Vengriyada monarxiyalar agdarib tashlandi

hamda Avstriya va Vengriya respublikalari tuzildi. Ular Antanta

mamlakatlari taklif etgan yarashuv shartlarini qabul qildilar.

1918 yil 29 sentyabrda Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya, 3 noyabrda

Avstro-Vengriya taslin boldi.30 oktyabrda Turkiya imzolagan tarashuv

bitimiga kora, uning qoshinlari arab mamlakatlaridan olib chiqilishi,

turk armiyasi qurolsizlanishi, flot ingliz va francuz boshqaruvi ostiga

otishi lozim edi.

1918 yil 30 sentyabr kuni Germaniya hukumati AQSh ga yarashuv bitimini

imzolash taklifi bilan murojaat qildi. Ayni paytda qoshinlar qomondonligi

Mamlakat harbiy axvolini yaxshilash uchun yirik dengiz operaciyasini

boshlash haqida qaror qabulk qildi. 30 oktyabrda Germaniya harbiy eskadrasi

1918 yil 9 noyabr kuni Germaniyada respublika elon qilindi.Oradan ikki

kun otgach, 1918 yil 11 noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompyen ormonida,

Yevropadagi Antanta qoshinlari bosh qomondoni francuz marshali Foshning

vagon qarorgohida Germaniya hayati oz hukumati nomidan yarashuv haqidagi,

amalda Germaniyaning maglubiyati borasidagi bitimni imzoladi.

Xulosa

Birinchi jahon urushi mobaynida xalqaro munosabatlar asosan

urushayotgan mamlakatlar ortasidagi ziddiyatlarning kuchayishi va har bir

davlatning hoh u yirik bolsin, hoh u kichik urush paytida vujudga kelgan

bazi bir qulay vaziyatlardan foydalanib qolish bilan asoslanadi.Urush

davomida va ungacha bolgan paytda asosan ikki blok Antanta va Germaniya

boshchiligidagi blokning ozlariga ittifoqchilar axtarish, urushning

borishini oz foydalariga hal qilish uchun kurash boradi.Ammo voqealar

qanday rivojlanishidan qatiy nazar birinchi jahon urushida hech bir

urushyotgan davlat aytarli yutuqqa erishmadi.Bu urushda bevosita 36 davlat

qatnashib, ularning urushga jalb etgan inson resurslari 70 milliondan

oshdi.Qurbon bolganlar va yaralanganlar soni esa 18 million kishini

tashkil etdi.

Foydalangan adabiyotlar

1. 1914 yil 1 avgust, Yakovlev N. N.,Moskva, Fargus.

2. Yangi va eng yangi tarix, Popov E. I., Moskva.

3. Yevropa tarixi,Koll. avtorov.,M.,1986-1996

4. Eng yangi tarix XX asr, Kreder A.A, M., 1996

5. Jahon tarixi-eng yangi davr, 1 qism, G.A. Hidoyatov , T.,2000

-----------------------

[1] Mejdunarodniyi otniosheniya,seriya iii, t.VI, ch. 11,25 b.

 
 

:


       

   
       

.